Taqdeem

Savollaringiz bormi?

+62-202-555-0133

MADINA ISLOM UNIVERSITETI

Universitetning tashkil topishi:

Universitetga 25/03/1381-hijriy sanada (milodiy 06/09/1962) Qirolning 11-sonli farmoni bilan asos solingan va o’qish esa 02/05/1381-hijriy sana yakshanba kunidan boshlangan.

Joylashgan manzili:

Saudiya Arabistoni Qirolligining Madinai munavvara shahrida joylashgan

Universitetning maqsadi:

Madina Islom Universiteti dunyoning turli mamlakatlaridan kelgan talabalarga Islom va Arab tili ilmini va boshqa bir qator bilimlarni ta’lim berish va zamonaviy texnologiyadan optimal foydalanish orqali akademik tadqiqotlarni olib borib Islom da’vatini keng miqyosda yoyadigan xalqaro Islom mayoqi bo’lishni o’z oldiga maqsad qilgan.

Tashkil etilganiga 60 yildan oshgan Universitetga hozirgacha 170 dan ortiq mamlakatdan tolibi ilm kelib qo’shilgan va hozirda 140 dan ortiq mamlakatdan kelgan talabalar u yerda tahsil olmoqda, bu ko’rsatkich umumiy talabalarining qariyb 75 foizini tashkil qiladi.

Xalqaro tashqi grant:

Xalqaro tashqi grant – Saudiya Arabistoni Qirolligidan tashqarida istiqomat qiluvchi saudiyalik bo’lmagan xorijiy talabalarga Qirollikdagi oliy ta’lim muassasalarida o‘qishlarii uchun ajratilgan akademik grantdir ya’ni Saudiya Arabistoni Qirolligi hukumati tomonidan bakalavr darajasida o’qishni istagan xalqaro talabalarga beriladigan bepul ta’limdir (ta’lim turi: muntazam /очный). Ushbu grant bepul ta’limdan tashqari ko’plab moliyaviy imtiyozlar va universitet muhitiga tegishli xizmatlarni ham o’z ichiga oladi.

Xalqaro grant talabasiga beriladigan moliyaviy imtiyozlar:

  • Har oylik muayyan stipendiya;
  • 1-marta kelganida boshlang’ich tayyorgarlik uchun 2 oylik stipendiyaga teng mukofat puli;
  • Bitirganidan keyin kitoblarni olib ketishi uchun 3 oylik stipendiyaga teng mukofat puli;
  • Har yili darsliklar uchun 1 oylik stipendiyaga teng mukofat puli
  • Har bir akademik yil oxirida uyiga borib kelishi uchun ekonom klasdagi bordi-keldi bileti.

 

Xalqaro grant talabasiga ko’rsatiladigan xizmat turlari:

  • Universitet hududidan Masjidun Nabaviyga oborib olib keladigan tekin transport;
  • Bepul tibbiy xizmatlar;
  • Universitetning talabalar turar joyi;
  • Akademik va madaniy mashg’ulotlar;
  • Talabalarga yo’l-yo’riq va maslahat berish;
  • Arzonlashtirilgan oziq-ovqat;
  • Markaziy kutubxona.

Universitet shuningdek, talabalar uchun Universitet hududida jamoat xizmatlarini ham taklif qiladi, bu ishda talaba va xodimlar uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlash maqsadida ma’lum  muassasalar bilan hamkorlik qiladi, jumladan:

  • Al Tayyar Travel, turizm va kargo xizmati;
  • Oshxona va oziq-ovqat do’konlari;
  • Xarid qilish markazlari;
  • Talaba xizmati markazlari;
  • Saudiya Havo Yo’llari xizmati;
  • Pochta xizmati;
  • Tijoriy kutubxonalar

 

Universitetda mavjud fakultetlar:

Nazariy yo’nalishlar (darslar Arab tilida o’qitiladi):
>> Shariat (islomiy qonunchilik) fakulteti
>> Qur’on va islmoiy bilimlar fakulteti
>> Hadisu Shariyf va islmoiy bilimlar fakulteti
>> Da’vat va din asoslari fakulteti
>> Qonun va yuridik bilimlar fakulteti

>> Arab tilida so’zlashmaydiganlar uchun Arab tilini o’rgatish instituti (2 yil)*

*Eslatma: Nazariy yo’nalishga hujjat topshirgan xorijiy talaba Arab tili joylashtirish testida olgan natijasiga muvofiq mazkur institutning ma’lum bir darajadagi til kursiga yoziladi yoki agar testdagi natijasi a’lo darajada bo’lsa to’g’ridan to’g’ri bakalavr bosqichiga o’tkaziladi

Amaliy yo’nalishlar (darslar Ingliz tilida o’qitiladi):
>> Kompyuter ilmlari fakulteti
>> Muhandislik (elektronik, mexanik, kimyoviy) fakulteti
>> Aniq fanlar (matematika, fizika, kimyo) fakulteti
>> San’at va gumanitar bilimlar fakulteti

Qabul uchun qo’yilgan shartlar:

– arizachi 17 yoshdan kichik va 25 yoshdan katta bo’lmasligi kerak;

– arizachi umumiy o’rta ta’lim shahodatnomasiga ega bo’lishi kerak (9 yoki 11-sinf attestati);

– arizachi umumiy o’rta ta’limni tugatganiga 5 yildan oshmagan bo’lishi kerak;

– arizachi Saudiya Arabistoni Qirolligida istiqomat qilmayotgan bo’lishi kerak;

– bundan oldin Saudiyaning boshqa ta’lim muassasalaridan grant yutmagan bõlishi kerak;

– bundan oldin hech bir Saudiya ta’lim muassasasidan chetlatilmagan bõlishi kerak;

– arizachi muqaddam sudlanmagan bo’lishi kerak;

– arizachi tibbiy jihatdan yetarlicha sog’lom bo’lishi kerak;

– nazariy yo’nalishga hujjat topshiradigan arab-bo’lmagan mamlakat fuqarolari Arab tili joylashtirish testida qatnashishlari shart va ushbu testdan o’tish shart qilinmagan;

– amaliy yo’nalishga hujjat topshiradigan arizachilar Ingliz tilida erkin so’zlasha olishi kerak va hujjat topshirish jarayonida ulardan quyidagi minimum darajadagi til bilish sertifikati talab etiladi:

TOEFL IELTS STEP
PBT CBT IBT
550 213 79-80 6 97
500 173 61 5 83
475 153 53 4,5 75
450-453 133 45-46 4 75
400-403 97 32 4 52

Arab tili joylashtirish testi haqida:

  1. Arab tili joylashtirish testi nazariy yo’nalishga hujjat topshirayotgan arizachining Arab tili darajasini aniqlash uchun o’tkaziladi, bunda agar talaba o’qishga qabul qilinsa Arab tili joylashtirish testida olgan natijasiga qarab mos kursga joylashtiriladi yoki to’g’ridan to’g’ri bakalavr bosqichiga o’tkaziladi
  2. Arab-bo’lmagan mamalakatdan hujjat topshirgan barcha xorijiy talabalar Arab tili joylashtirish testida qatnashishlari shart va testda qatnashmagan arizachi qabuldan chetlashtiriladi
  3. Test elektron pochta orqali e’lon qilingan vaqtda va havolada online tarzda bo’ladi.

Arab tili joylashtirish testi odatda Yanvar oyida bo’ladi va yakuniy qabul natijasi Aprel-May oylarida chiqadi, agar ariza holati dastlabki nomzod holatiga o’zgarsa qabul xati 3-4 oyda va viza 6-7 oyda keladi.

Qabulga ariza topshirish uchun talab etilgan zaruriy hujjatlar:

– zagran passport (tugashiga 1 yildan kam qolmagan bo’lsihi kerak)
– 9- yoki 11-sinf attestati yoki kollej/ litsey diplomi
– attestat yoki diplomning baholar ilovasi
– tuğilganlik haqidagi guvohnoma (metrika)
– 086 tibbiy ma’lumotnoma (medspravka)
– tavsifnoma (xarakteristika)
– 4×6 hajmda rasm (elektron rasm, qog’ozga chiqarilgan yoki skaner qilingan emas)
– tavsiyanoma (tazkiya)

Ariza topshirishda ixtiyoriy bo’lgan hujjatlar:

– sudlanmaganlik tõğrisida ma’lumotnoma
– shar’iy ijozalar va til bilish sertifikatlari

Madina Islom Universitetiga hujjat topshirish uchun:

Telegram yoki Whatsapp dan murojaat qiling.